Nazariya emas, real loyihalar. Layout va grid'dan Dashboard, CRM, mobil ilova va AI vositalarigacha — bosqichma-bosqich, o'zbek tilida.
Figma asoslari va UX/UI nazariyasi. Dizaynga birinchi qadam qo'yayotganlar uchun.
5 modul, 47 videodars. Dashboard, CRM, App Design, redesign, AI va karyera strategiyasi.
Ismoil Safarov — 9 yillik tajribaga ega Senior UX/UI dizayner. Dashboard, CRM, mobil ilova va onlayn ta'lim platformalarini ishlab chiqargan. Insan Agency asoschisi sifatida o'nlab xalqaro va lokal loyihalarni boshqargan. Bu kursda nazariya emas — real keyslar va amaliyot asosida o'rgatadi.
Insan Agency →Grid va masofalar bo'yicha ikki yil davomida tushunmagan narsalarim bir modulda joyiga tushdi.
Dashboard moduli ishimda darhol foyda berdi — mijozga birinchi CRM maketini o'zim yaratdim.
Portfolio va CV modulidan keyin birinchi xalqaro mijozimni topdim.
Foundation — Figma va asosiy UX/UI nazariyasi. Praktikum esa amaliyotga to'liq qaratilgan: Dashboard, CRM, App Design, redesign, AI vositalari va karyera strategiyasi.
Ha, kurs to'liq bepul. Ro'yxatdan o'tib barcha darslarga to'liq dostup olasiz, kelajakdagi yangilanishlar ham bepul.
Ha, kursni kamida 80% o'zlashtirgan har bir o'quvchi Insan Academy sertifikatiga ega bo'ladi va portfolio'siga qo'shishi mumkin.
Jami 20+ soat video material. Har kun 1-2 soat ajratsangiz, taxminan 6-8 haftada amaliyotlar bilan birga tugatasiz.
Amaliyot vazifalari, fikr-mulohaza va e'lonlar — barchasi bir joyda. Mentor va o'quvchilar bilan bog'lanib turing.