manaAI
Shablonlar
Tayyor promptlar. Nusxa oling, Claude Code'ga tashlang, o'zgartiring — tayyor.
Loyiha boshlash
Landing sayt
Bir sahifali reklama sayti
Menga bitta sahifali landing page yarat. Yuqorida katta sarlavha va qisqa tavsif, bitta chaqiruv tugmasi (CTA) bo'lsin. Pastida 3 ta afzallik bloki va aloqa qismi. Qorong'u, zamonaviy dizayn, mobilga to'liq moslashgan. HTML va CSS bitta faylda.
Portfolio sayt
Shaxsiy portfolio
Men uchun shaxsiy portfolio sayt yarat: bosh ekran (ism, kasb, qisqa tavsif), "Loyihalar" bo'limi (3 ta karta), "Men haqimda" va aloqa qismi. Toza, professional dizayn va silliq animatsiyalar bo'lsin.
Telegram bot
Menyuli oddiy bot
Python'da oddiy Telegram bot yarat: /start bosilganda salomlashsin va 3 tugmali menyu ko'rsatsin. python-telegram-bot kutubxonasidan foydalan. Kodni tushuntirib ber va qanday ishga tushirishni qadamlab yoz.
Kundalik ish
CLAUDE.md yaratish
Loyiha xotirasi
Ushbu loyiha uchun CLAUDE.md fayl yarat. Unda loyiha maqsadi, ishlatilgan texnologiyalar, papka tuzilishi, kod yozish qoidalari va hozirgi holat bo'lsin. Loyihamga qarab to'ldir.
Xatoni tuzatish
Bug fix
@fayl_nomi da xatolik bor. Xato matni: [bu yerga xatoni qo'y]. Sababini top va tuzat. Nima o'zgartirganingni qisqacha tushuntir.
Kodni tushuntirish
Boshqa birov kodini o'qish
@fayl_nomi ni o'qib chiq va menga sodda til bilan tushuntir: bu kod nima qiladi, qanday ishlaydi va qaysi qismlar muhim. Men dasturlashni chuqur bilmasligimni hisobga ol.
Ilg'or
Ma'lumotlar bazasi
Supabase ulash
Loyihamga Supabase ma'lumotlar bazasini ula. Foydalanuvchi ma'lumotini saqlaydigan jadval yarat va saytdan yozib/o'qib ko'rsatadigan oddiy misol qo'sh. Barcha qadamlarni tushuntir.
Internetga chiqarish
Deploy
Loyihamni internetga chiqar. Menga eng oson yo'lni tavsiya qil (Vercel yoki Railway), kerakli fayllarni tayyorla va qadamlab tushuntir. Men dasturchi emasman.
Yangi funksiya qo'shish
Rejali yondashuv
Saytga [funksiya nomi] qo'sh. Avval reja tuz, keyin qaysi fayllarni o'zgartirishni ayt, so'ng amalga oshir. Har qadamni qisqacha izohlab bor.